ENERGIYA SAQLANISH SHARTINI QANOATLANTIRUVCHI BARQAROR SONLI SXEMALAR QURISH
Abstract
Ushbu maqolada avvalo energiya tushunchasi haqida va uning saqlanish qonuni uning shartlari haqida ma’lumot, unga oid sxemalar qurish haqida gap boradi va energiya tushunchasi va energiya saqlanish qonuni haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Energiya saqlanishi fizik jarayonlarni to‘g‘ri tushunishda muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntiriladi. Shuningdek, energiyani saqlovchi sonli sxemalar qanday qurilishi ko‘rib chiqiladi. Misol sifatida bir o‘lchamli to‘lqin tenglamasi tanlanib, unga sodda farqlar usuli yordamida sonli sxema tuzilgan. Qurilgan sxema uchun energiyaning vaqt davomida saqlanishi ko‘rsatib beriladi. Olingan natijalar sonli hisoblashlarda energiya saqlanishining ahamiyatini tushunishga yordam beradi.


