Nyuton interpolyatsion formulasi va ayirmalar nisbati yordamida interpolyatsiyani hisoblash
Keywords:
Interpolyatsiya, Nyuton interpolyatsion formulasi, ayirmalar nisbati, bo‘lingan ayirmalar, interpolyatsion ko‘phad, sonli usullar, taqribiy hisoblash.Abstract
Maqolada interpolyatsiya masalalarini yechishda keng qo‘llaniladigan Nyuton interpolyatsion formulasi va ayirmalar nisbati (bo‘lingan ayirmalar) usuli bayon etiladi. Berilgan diskret nuqtalar to‘plami asosida funksiyaning taxminiy qiymatini topish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Nyuton formulasi yordamida interpolyatsion ko‘phadni bosqichma-bosqich qurishning qulayligi va hisoblashdagi samaradorligi yoritiladi. Ayirmalar nisbati tushunchasi orqali interpolyatsion ko‘phad koeffitsiyentlarini aniqlash usullari tushuntiriladi. Ushbu mavzu sonli usullar va amaliy hisoblash masalalarida muhim ahamiyatga ega.


