MATEMATIKADA QIZIQARLI MASALALAR VAYECHISH USULLARI

Authors

  • Akmal Sotvoldiyev Matematika Author
  • Sayyodxon Maxmasaidova Matematika Author

Abstract

Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bilim sifatini yuksaltirish masalasini ilmiy-didaktik jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan. Maqolada matematika fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan uch buyuk alloma – Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi tizimli ravishda o‘rganilgan. Xorazmiyning o‘nlik pozitsion sanoq tizimini joriy etishdagi roli, “panjara” usuli bilan ko‘paytirish texnikasi, Beruniyning proporsional hisob-kitob sohasidagi “besh miqdor qoidasi” va “to‘qqiz miqdor qoidasi”, Ibn Sinoning 9 raqami yordamida sonlarni kvadrat va kubga ko‘tarish to‘g‘riligini tekshirish qoidalari tahlil qilingan. Har bir bo‘limda nazariy asoslar matematik isbot bilan mustahkamlanib, o‘quvchilar uchun qiziqarli va yechish mumkin bo‘lgan amaliy masalalar keltirilib, natijalari jadval ko‘rinishida umumlashtirilgan. Maqola matematik ta’limning tarixiy va metodologik jihatlarini birlashtirgan holda zamonaviy o‘qitish amaliyotiga tadbiq etish uchun mo‘ljallangan ilmiy-metodik manba sifatida xizmat qilishi mumkin.

Downloads

Published

2026-02-15