MATHCAD DASTURIDA TENGLAMALARNI SIMVOLIK VA SONLI YECHISH USULLARINING TAHLILI

Authors

  • Gulzoda Meliqo‘ziyeva Farg‘ona davlat universiteti Author
  • Iqboljon Sharofutdinov Farg‘ona davlat universiteti Author

Keywords:

Mathcad, kompyuterli matematik tizimlar, simvolik hisoblash, sonli hisoblash, tenglama yechish, Newton usuli, iteratsion algoritmlar, matematik modellashtirish, algebraik hisoblashlar.

Abstract

Ushbu maqolada Mathcad dasturida tenglamalarni simvolik va sonli yechish usullarining nazariy asoslari, algoritmik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Zamonaviy kompyuterli matematik tizimlarning ilmiy tadqiqotlar va muhandislik hisoblaridagi o‘rni yoritilib, Mathcad dasturining matematik hisoblashlarni avtomatlashtirishdagi samaradorligi asoslab berilgan. Maqolada algebraik, transcendеnt va tenglamalar sistemasini yechish jarayonlari ko‘rib chiqilib, simvolik usullar yordamida aniq analitik yechimlarni olish hamda sonli usullar orqali murakkab tenglamalarning taqribiy ildizlarini topish usullari misollar asosida tahlil etilgan.

Tadqiqot davomida Mathcad dasturining algebraik ifodalarni soddalashtirish, matematik modellarni tahlil qilish, funksiyalar grafiklarini qurish va iteratsion algoritmlar asosida sonli hisoblashlarni bajarish imkoniyatlari o‘rganilgan. Xususan, Newton usuli va boshqa iteratsion metodlarning qo‘llanilishi orqali murakkab matematik masalalarni tezkor hamda aniq yechish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, simvolik va sonli usullarning o‘zaro farqli jihatlari, afzalliklari hamda qo‘llanish sohalari ilmiy jihatdan taqqoslangan.

Maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, Mathcad dasturi matematik modellashtirish, ilmiy izlanishlar, texnik va iqtisodiy hisoblashlarni samarali tashkil etishda muhim vositalardan biri hisoblanadi. Dastur yordamida murakkab matematik hisoblashlarni qisqa vaqt ichida yuqori aniqlik bilan bajarish mumkin bo‘lib, bu esa ta’lim jarayoni va amaliy tadqiqotlarda undan keng foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Author Biographies

  • Gulzoda Meliqo‘ziyeva, Farg‘ona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti talabasi

  • Iqboljon Sharofutdinov, Farg‘ona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi pedogogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Downloads

Published

2026-06-04