KUB SIMMETRIYALI YARIMO‘TKAZGICHLARDA IKKI VA UCH FOTONLI CHIZIQLI–SIRKULYAR DIXROIZM
Kalit so‘zlar:
chiziqli va sirkulyar qutblangan yorug‘lik, matritsaviy element, optik o‘tish, o‘tish ehtimolligi, tok tashuvchilar, valent zona, yarimo‘tkazgich.Annotatsiya
Kubik simmetriyaga ega, teshik o‘tkazuvchanlikli yarimo‘tkazgichlarda yorug‘likning ikki va uch fotonli yutilishida chiziqli–sirkulyar dixroizm nazariy jihatdan tadqiq etildi. Yarimo‘tkazgich valent zonasining ostzonalari orasida kechadigan ikki va uch fotonli optik o‘tishlar uchun matritsaviy elementlar hisoblandi. Bunda alohida fotonlarning bir vaqtda bo‘lmagan (ketma-ket) yutilishi bilan bog‘liq o‘tishlar hamda ikki fotonning bir vaqtning o‘zida yutilishi bilan bog‘liq o‘tishlar inobatga olindi, shuningdek qutblangan nurlanishning ikki va uch fotonli yutilish koeffitsiyentining spektral va temperaturaviy bog‘liqligi aniqlandi.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Versiyalar
- 2026-01-15 (2)
- 2026-02-04 (1)


