O‘ZBEKISTON IQLIMINING OXIRGI 5 YILDAGI O‘ZGARISHLARI: AMALIY MATEMATIK TAHLIL

Авторы

  • Mavluda No''monova Farg'ona Davlat Universiteti Автор
  • Q Rahimov Автор

Аннотация

     Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida so‘nggi 5 yil (2019–2024) davomida kuzatilgan iqlim o‘zgarishlari amaliy matematik usullar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda o‘rtacha yillik harorat va yog‘in miqdori ko‘rsatkichlari asosiy statistik ma’lumot sifatida tanlandi. Chiziqli regressiya, korrelatsiya, dispersiya (ANOVA) tahlillari hamda qisqa muddatli prognozlash modellari qo‘llanildi. Olingan natijalar O‘zbekiston iqlimida barqaror isish jarayoni va yog‘in miqdorining kamayish tendensiyasi mavjudligini ko‘rsatdi. Prognoz natijalari kelajakda suv resurslari va qishloq xo‘jaligida jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi.

Опубликован

2026-02-04