CHO’LPON ASARLARIDA ANTROPONIM VA TOPONIMLAR ALLYUZIYASI HAMDA ULARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Авторы

  • Shahnoza Jahongirova 10.00.00-FILOLOGIYA fanlari; Автор

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulhamid Cho‘lpon asarlarida qo‘llanilgan antroponimlar (inson ismlari) va toponimlarning (joy nomlari) allyuziyaviy xususiyatlari hamda ularning lingvomadaniy mohiyati tahlil qilinadi. Allyuziya badiiy matnda tarixiy, diniy, folklor yoki adabiy manbalarga bilvosita ishora qilish orqali konnotativ ma’no hosil qiluvchi vosita sifatida talqin etiladi. Maqola davomida Cho‘lpon asarlarida uchraydigan tarixiy (masalan, Amir Temur, Chingizxon), diniy (Ahmad Yassaviy) hamda geografik (Shveysariya, Amerika Qo‘shma Shtatlari) birliklar lingvomadaniy nuqtayi nazardan o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, allyuziyalar matnning implitsit qatlamini faollashtirib, o‘quvchining madaniy bilim fondiga tayanadi hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni kuchaytiradi.

Биография автора

  • Shahnoza Jahongirova, 10.00.00-FILOLOGIYA fanlari;

     1-bosqich magistranti Shahnoza Jahongirova

Опубликован

2026-06-04