DINAMIK DASTURLASH YORDAMIDA OPTIMAL BOSHQARUV MASALALARINI YECHISH
Аннотация
Ushbu maqolada dinamik dasturlash usuli yordamida optimal boshqaruv masalalarini yechish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dinamik dasturlash murakkab jarayonlarni vaqt bo‘yicha bosqichlarga ajratish orqali optimal qarorlarni aniqlash imkonini beruvchi samarali matematik usullardan biri hisoblanadi. Maqolada ushbu usulning nazariy asoslari, matematik modeli va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Amaliy misol sifatida CAM avtomoyka faoliyati modeli tuzilib, xizmat ko‘rsatish jarayonini optimal boshqarish masalasi yechilgan. Olingan natijalar dinamik dasturlash usuli xizmat ko‘rsatish tizimlarida resurslardan samarali foydalanish va foydani maksimal darajaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.


