LESSONPLANNER — BAYES BILIM IZLASH MODELI ASOSIDAISHLOVCHI ADAPTIV BILIM PROGNOZI PLATFORMASI
Ключевые слова:
LessonPlanner, Bayes bilim izlash modeli, adaptiv taʼlim, bilim prognozi, raqamli platforma, Bayesian Knowledge Tracing, individual oʻquv traektoriyasi, sunʼiy intellekt taʼlimda.Аннотация
Ushbu maqolada raqamli taʼlim muhitida oʻquvchilarning bilim darajasini aniq prognozlash va ularga moslashtirilgan (adaptiv) taʼlim traektoriyalarini taklif qilish imkonini beruvchi “LessonPlanner” platformasi va uning ishlash mexanizmi yoritilgan. Platformaning asosi hisoblangan Bayes bilim izlash modeli (Bayesian Knowledge Tracing - BKT) talabalarning topshiriqlarni bajarish ketma-ketligiga tayanib, ularning muayyan koʻnikmalarni oʻzlashtirish ehtimolini dinamik tarzda hisoblab boradi. Maqolada platformaning arxitekturasi, maʼlumotlarni qayta ishlash algoritmlari hamda bilim prognozi aniqligini oshirish usullari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Bayes modeliga asoslangan adaptiv yondashuv anʼanaviy test tizimlariga qaraganda oʻquvchining haqiqiy bilim darajasini va kelgusi natijalarini yuqori aniqlikda prognozlash hamda individual taʼlim sifatini oshirish imkonini beradi.



