LOGISTIKA JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISHDA GREEDY VA 2-OPT ALGORITMLARINING QOʻLLANILISHI
Ключевые слова:
Logistika, graf nazariyasi, Sayohatchi tijoratchi masalasi, TSP, Greedy algoritmi, 2-opt algoritmi, optimallashtirish, Haversine formulasi, marshrutlash, Python dasturlash, OpenStreetMap, evristik algoritmlar.Аннотация
Mazkur maqolada logistika jarayonlarini optimallashtirishda amaliy matematika, graf nazariyasi va kombinatorik optimallashtirish usullarining qoʻllanilishi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kuryerlik va yetkazib berish xizmatlari uchun optimal marshrutlarni aniqlash hamda transport xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan dasturiy model ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida logistika tizimlarida keng uchraydigan marshrutlashtirish muammosi Sayohatchi tijoratchi masalasi (Traveling Salesperson Problem — TSP) asosida matematik modellashtirilgan. Optimal marshrutlarni hosil qilishda Greedy (“Yaqin qoʻshni”) va 2-opt evristik algoritmlarining kombinatsiyasidan foydalanilgan. Geografik koordinatalar orasidagi real masofalarni aniq hisoblash maqsadida Haversine formulasi qoʻllanilgan. Dasturiy model Python dasturlash tilida ishlab chiqilib, OpenStreetMap xarita tizimi bilan integratsiya qilingan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan model yordamida kuryerlarning umumiy harakat masofasini oʻrtacha 22.5% ga qisqartirish, yoqilgʻi xarajatlarini kamaytirish hamda yetkazib berish vaqtini optimallashtirish mumkinligini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv logistika kompaniyalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik zararlarni kamaytirishda muhim amaliy аҳамиятга ega.



