FIZIK JARAYONLARNI (ISSIQLIK, DIFFUZIYA, TO‘LQIN) VARIATSION USUL YORDAMIDA SONLI MODELLASHTIRISH.
Abstract
Ushbu maqolada 1 o‘lchamli difuziya tenglamasini sonli usullar yordamida yechish masalasi ko‘rib chiqilgan. Explicit va implicit sxemalar, shuningdek, barqarorlik shartlari tahlil qilingan. Ishlab chiqilgan algoritmlar yordamida vaqt va fazoviy diskretlashni amalga oshirish usullari ko‘rsatildi. Maqolada sonli yechimlarning aniqligi va aniq yechim bilan taqqoslanishi, shuningdek, tridiagonal tizimlarni yechishning samarali usullari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari fizik jarayonlar, termodinamika va matematik modellashtirish sohalarida qo‘llanishi mumkin. Shu bilan birga, Python va Matlab dasturlarida yechimlarni hisoblash va vizualizatsiya qilish usullari ham keltirilgan.


