IOT QURILMALARI UCHUN TARMOQ PROTOKOLLARINING SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH VA SUN’IY INTELEKT BILAN INTEGRATSIYALASH
Kalit so‘zlar:
IoT (Internet of Things), tarmoq protokollari, MQTT, CoAP, HTTP, sun’iy intellekt, SI integratsiyasi, tarmoq kechikishi, energiya samaradorligi, o‘tkazuvchanlik, aqlli tizimlar, sensor tarmoqlari, IoT arxitekturasi, ma’lumotlar uzatish, adaptiv boshqaruv.Annotatsiya
Ushbu maqolada IoT (Internet of Things) qurilmalari uchun qo‘llaniladigan tarmoq protokollarining samaradorligi tahlil qilinadi hamda ularni sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari bilan integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda MQTT, CoAP va HTTP kabi asosiy protokollarning ishlash xususiyatlari, tarmoq kechikishi, energiya sarfi va o‘tkazuvchanlik kabi ko‘rsatkichlari matematik modellar asosida baholanadi. Shuningdek, IoT tizimlarida ma’lumotlar oqimini optimallashtirish maqsadida sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanish yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI asosida adaptiv boshqaruvni qo‘llash orqali tarmoq samaradorligini oshirish, kechikishni kamaytirish va energiya sarfini optimallashtirish mumkin. Maqolada olingan natijalar aqlli shaharlar, sanoat IoT tizimlari va real vaqt monitoring tizimlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.



