O‘QUVCHILARNING TIL KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARINING SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Ismoiljonova Sh.U. Farg'ona davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

raqamli ta’lim platformalari, til kompetensiyasi, onlayn ta’lim, xorijiy tillar, ta’lim texnologiyalari.

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli ta’lim platformalarining o‘quvchilarning til kompetensiyasini shakllantirish jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy onlayn platformalar chet tillarini o‘rganishda grammatik, leksik, tinglab tushunish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qanday yordam berishi tahlil qilinadi.

Raqamli ta’limning asosiy afzalliklari sifatida qulaylik, interaktivlik, individual o‘qish tezligi va tezkor teskari aloqa imkoniyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, gamifikatsiya elementlari va multimedia vositalari orqali o‘quvchilarning motivatsiyasi sezilarli darajada oshishi ham yoritiladi.Natijada, raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish o‘quv jarayoni sifatini oshirishi va til kompetensiyasini samarali shakllantirishga yordam berishi haqida xulosa qilinadi.

Muallif haqida

  • Ismoiljonova Sh.U., Farg'ona davlat universiteti

    Farg'ona davlat universiteti talabasi

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-06-04