ELEKTRON RAQAMLI IMZODAN FOYDALANISHNING SALBIY VA IJOBIY OQIBATLARI
Kalit so‘zlar:
Elektron raqamli imzo, axborot xavfsizligi, kriptografiya, elektron hujjat aylanishi, kiberxavfsizlik, masofaviy autentifikatsiya, identifikatsiya, raqamli iqtisodiyot.Annotatsiya
Ushbu maqolada elektron raqamli imzo (ERI) texnologiyasidan foydalanishning zamonaviy axborot almashinuvi jarayonidagi roli va uning huquqiy, iqtisodiy hamda texnik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ERIning ijobiy tomonlari sifatida hujjatlar aylanishining tezlashishi, konfidensiallikning ta’minlanishi va masofaviy xizmatlar samaradorligi yoritilgan. Shu bilan birga, ERIdan foydalanish bilan bog‘liq salbiy oqibatlar, jumladan, kiberhujumlar xavfi, maxfiy kalitlarning o‘g‘irlanishi va texnik infratuzilmaga bog‘liqlik kabi muammolar ilmiy asoslangan holda ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida tizim xavfsizligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.



