MATHCAD DASTURIDA TAKRORLANISH OPERATORLARINING MATEMATIK ASOSLARI VA HISOBLASH SAMARADORLIGI TAHLILI

Mualliflar

  • Nabiyeva X.I. Farg‘ona davlat universiteti Muallif
  • Sharofutdinov I.U. Farg‘ona davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

Mathcad, takrorlanish operatorlari, iteratsiya, for operatori, while operatori, matematik modellashtirish, sonli usullar, algoritm, hisoblash samaradorligi, kompyuterli matematik tizimlar, iteratsion jarayonlar, muhandislik hisoblashlari.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Mathcad dasturidagi takrorlanish operatorlarining matematik mohiyati va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Unda for va while operatorlarining ishlash prinsiplari, rekurrent formulalarni hisoblash, sonli usullarni amalga oshirish hamda matematik modellashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, iteratsion algoritmlarning hisoblash aniqligi va samaradorligini oshirishdagi afzalliklari ko‘rsatilib, noto‘g‘ri tashkil etilgan sikllarning salbiy oqibatlari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Mathcad dasturida takrorlanish operatorlaridan samarali foydalanish matematik va muhandislik hisoblashlarining tezkorligi hamda ishonchliligini oshirishini ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

  • Nabiyeva X.I., Farg‘ona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti talabasi

  • Sharofutdinov I.U., Farg‘ona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi  pedogogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-06-04