KOMPYUTER KO‘RISHI VA KUBIK SPLAYN INTERPOLYATSIYASI YORDAMIDA SANOAT USKUNALARIDAGI TEBRANISH ANOMALIYALARINI BASHORAT QILISH

Mualliflar

  • Yo‘lchiyev Z.Z. Hech qanday Muallif

Kalit so‘zlar:

kompyuter ko‘rishi, optik oqim, kubik splayn interpolyatsiyasi, tebranish anomaliyasi, eng kichik kvadratlar usuli, RUL, bashoratli texnik xizmat, sanoat uskunalari.

Annotatsiya

Sanoat uskunalaridagi tebranish anomaliyalarini erta aniqlash avariya xavfini kamaytiradi, lekin bu vazifa ko‘p obyektli ishlab chiqarish muhitida doim ham arzon yechilmaydi. Akselerometr va boshqa kontakt datchiklar aniq ma’lumot beradi, ammo ularni har bir uskuna yoki konstruksiyaga o‘rnatish, kalibrlash va servis qilish katta xarajat talab qiladi. Ushbu maqolada oddiy video kadrlar orqali tebranishni kontaktsiz baholashga asoslangan gibrid yondashuv bayon etiladi. Modelda dastlab optik oqim yordamida kadrlar orasidagi siljish aniqlanadi, so‘ng past FPS va shovqin ta’sirida notekis chiqqan signal kubik splayn interpolyatsiyasi bilan silliqlanadi. Uzoqroq vaqt oralig‘idagi amplituda o‘sishi esa eng kichik kvadratlar usuli orqali yaqinlashtirilib, qolgan foydali xizmat muddati (Remaining Useful Life — RUL) baholanadi. Tajriba qismi real sanoat obyektidagi uzoq muddatli o‘lchovlarga emas, balki MQTT mock oqimlari va SensorFusionArbiter hamda MqttIngestService tuzilmalariga mos simulyatsion ma’lumotlarga tayanadi. Natijalarda xom optik oqim signali uchun global RMSE 0.118 mm bo‘lgan bo‘lsa, splayn bilan qayta ishlangandan keyin bu ko‘rsatkich 0.042 mm gacha kamaydi, MSE esa 0.0017 mm² ni tashkil etdi. C++ native engine Intel Core i9-14900KF va NVIDIA RTX 5080 konfiguratsiyasida bir kadrni o‘rtacha 12–14 ms oralig‘ida qayta ishladi. Real sanoat sharoitida laboratoriya va maydon validatsiyasi keyingi bosqich sifatida ko‘zda tutiladi.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-09-29