О журнале
"XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI" xalqaro ilmiy jurnali nizomi
JURNALI NIZOMI
Umumiy qoidalar
- Ommaviy axborot vositasining turi: Ilmiy jurnal.
- Ommaviy axborot vositasining nomi: «XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI»
- «XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI» jurnalining tili: jurnal davlat tilida yuritiladi, shu bilan birga unda rus va ingliz tilida maqolalar chop etiladi.
- Ixtisoslashuvi: Ilmiy jurnal О‘zbekistan Respublikasi va Xalqaro oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek, jurnalga oliy ta’lim muassasalaridan tashqari viloyatimiz va respublikamizning boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat kо‘rsatib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi.
- Tarqatish hududi: Xalqaro, elektron (online) koʻrinishda.
- Davriyligi va hajmi: Jurnal har oyda elektron koʻrinishda chiqariladi.
- Tahririyatning joylashgan joyi: Fargʻona viloyati Fargʻona shahar Murabbiylar koʻchasi 19 uy, Telefon: 94 090 01 54
«XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI» jurnali tahririyati (kelgusida «Tahririyat” deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, О‘zbekistan Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida”gi Qonunga, shuningdek О‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Farmonlari va hukumat qarorlari, О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom (Ustav)ga asosan о‘z faoliyatini amalga oshiradi.
«XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI» ilmiy jurnali har oyda www.cientists21.uz sayti orqali elektron koʻrinishda chiqariladi va har bir maqola Google Scholar, Zenodo, ResearchBible (OAK 14-baza) xalqaro bazalarida indekslanadi va Cyberleninka.ru saytiga joylanadi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.
Jurnalga qabul qilingan maqolalar 3 ish kuni ichida jurnal web sayti (http://cientists21.uz/)ga joylanadi hamda muallifga maqola havolasi taqdim etiladi. Oʻsha kunning oʻzida muallifga BEPUL sertifikat, qabul qilinganlik haqida tabriknoma va mualliflik guvohnomasi taqdim etiladi.
Tahririyat faoliyatining maqsad va vazifalari
«XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI» jurnali Respublikamizdagi va Xalqaro oily ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek jurnalga Xalqaro va Respublikamizning boshqa ilmiy dargohlari, ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat koʻrsatib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi.
«XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI» xalqaro ilmiy jurnali quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maqolalar qabul qiladi:
“XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI” xalqaro ilmiy jurnali A seriyasi:
- 00.00 FIZIKA-MATEMATIKA fanlari
- 00.00 KIMYO fanlari
- 00.00 BIOLOGIYA fanlari
- 00.00 TEXNIKA fanlari
“XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI” xalqaro ilmiy jurnali B seriyasi:
- 00.00 FALSAFA fanlari
- 00.00 FILOLOGIYA fanlari
- 00.00 PEDAGOGIKA fanlari
- 00.00 PSIXOLOGIYA fanlari
- 00.00 SOTSIOLOGIYA fanlari
- 00.00 TARIX fanlari
“XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI” xalqaro ilmiy jurnali C seriyasi:
- 00.00 IQTISODIYOT fanlari
- 00.00 GEOGRAFIYA fanlari
- 00.00 QISHLOQ XO'JALIGI fanlari
- 00.00 САНЪАТШУНОСЛИК фанлари
- 00.00 АРХИТЕКТУРА
- 00.00 ҲАРБИЙ фанлар
- 00.00 GEOLOGIYA-MINERALOGIYA fanlari
Maqolalarni qabul qilish muddati: Har oyning 10-sanasiga qadar
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnalning nashr etilish sanasi: Har oyning 20-sanasi
Jurnal rasmiy sayti http://cientists21.uz/
Jurnal telegram kanali: https://t.me/science_innovations
Muassisning huquq va majburiyatlari
- Muassis о‘z Nizomi (Ustavi) va qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tahririyat ishlarini tashkil etadi va boshqaradi.
- Jurnal tahririyatining Nizomini, Nizomga kiritiladigan о‘zgartirish va qо‘shimchalarni tasdiqlaydi, uning roʻyxatda qayd etilgan nomidan foydalanadi va tasarruf etadi.
- Muassis bir paytning oʻzida jurnal bosh muharriri hisoblanadi.
- Jurnal tahrir hay’ati a’zolarini tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi.
- 14 shriftda, 1,15 intervalda, 20 sahifa (A-4 format) dan ortiq bо‘lmagan (reklama tipidagi materiallardan tashqari) xabar yoki materialni muallif nomidan jurnal sahifalariga joylashtiradi.
- Qonunda belgilangan tartibda jurnal faoliyatini tо‘xtatadi.
- Tahririyat tashkil etadi.
- Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini ta’minlaydi.
- Jurnal uchun zarur axborot va materiallarni о‘z vaqtida yetkazadi.
- Jurnalni targ‘ib etish yordamlashadi.
- Tahririyat tomonidan jurnalxonlar о‘rtasida tashkil etiladigan turli xil ijodiy tanlov, sovrinli о‘yin va sport musobaqalarida, shuningdeq homiylik ishlarini amalga oshirishda qatnashadi.
- Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
- Jurnalning muntazam faoliyat kо‘rsatishi, moliyalashtirishi, tarqatish bilan bog‘liq bо‘lgan moddiy-texnik masalalarni yechishga, ishlab chiqarish, tahririyat xodimlari uchun zarur ijtimoiy sharoitlarni yaratishga kо‘maklashadi.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bо‘lishi va uning
zimmasida boshqa majburiyatlar ham bо‘lishi mumkin.
Tahririyatning huquq va majburiyatlari:
- Tahririyat tarkibiga bosh muharrir, mas’ul kotib va tahrir hay’ati kiradi.
- Tahririyat о‘z muassisi Nizomida kо‘rsatilgan bandlarga og‘ishmay amal qiladi.
- Tahririyat о‘z faoliyatini «Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida»gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‘g‘risida”gi О‘zbekistan Respublikasi qonunlari doirasida hamda о‘z “Nizom”iga muvofiq amalga oshiradi.
- Davlat sirlarini saqlaydi va davlat axborot resurslaridan ruxsatsiz tarzda foydalanmaydi.
- Jurnalning belgilangan davr ichida chop etilishini tо‘liq ta’minlaydi;
- Jurnal faoliyatiga tegishli har qanday javobgarlikni о‘z zimmasiga oladi.
- Tahririyat Nizomi (Ustavi)ga о‘zgartirishlar kiritish va muassis tasdig‘idan о‘tkazish;
- Tahririyatga kelgan maqolalarning mazmunini buzmagan holda tahrir etish, qisqartirish yoki kengaytirish;
- Jurnal hajmi (formati)ni kamaytirish yoki kо‘paytirish, shuningdek
davriyligi va rangini о‘zgartirish hamda tahririyat jamoasining manfaatini, faoliyatini himoya qilish huquqiga xam egadir; - Tahririyat kasb faoliyati bо‘yicha mustaqildir.
- Tahririyatni moliyalashtirish manbai muassis tomonidan shakllantiriladi.
Tahrir hay’atining huquq va majburiyatlari
Jurnalning umumiy yо‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni takomillashtirish maqsadida tahrir hay’ati tuziladi. Tahrir hay’ati a’zolari muassis tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi. Uning tarkibiga bosh muharrir (tahrir xay’ati raisi), mas’ul kotib, Xalqaro va Respublika doirasidagi yetakchi professorlar, dotsentlar va kafedra mudirlari kiritiladi. Tahrir hay’ati quyidagi masalalarni kо‘rib chiqadi:
- Nashrning ilmiy saviyasini oshirish;
- Tahririyat ishining bosh yо‘nalishlarini belgilash va uni amalga oshirish;
- Jurnalning ayrim muhim sonlarini bezash, qaysi materiallarni berish maqsadga muvofiqligini aniqlash;
- Tashkiliy – ommaviy ishlardan kо‘zlangan maqsad, shuningdek tahririyat jamoasi ijodiy faoliyati va ayrim xodimlar ijodiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar;
- Nizomni о‘zgartirish haqida takliflar kiritish.
- Tahrir hay’ati majlisioyda bir marta о‘tkaziladi. Zarur bо‘lgan taqdirda tahrir xay’ati raisi navbatdan tashkdri majlis chaqirishi mumkin. Unda tahrir xay’atining barcha a’zolari qatnashadilar va ular majlisda kо‘riladigan masala bilan oldindan qisman tanishtirilgan bо‘lishlari kerak. Yig‘ilish о‘tkazish mumkin bо‘lmagan hollarda tahrir hay’atining har bir a’zosi bilan alohida kelishilgan xolda qaror qabul qilinadi.
- Tahrir hay’ati a’zolari о‘rtasida hamfikrlik bо‘lmagan taqdirda bosh muharrir muhokama etilayotgan masala yuzasidan hal qiluvchi qaror qabul qiladi.
- Tahririyatning butun ishini amaldagi qonunlar, meyoriy hujjatlar va mazkur Nizomga muvofiq tarzda yо‘naltirib boradi.
Mas’ul kotibning huquq va majburiyatlari
- Tahrir hay’ati a’zosi hisoblanadi.
- Jurnalni tayyorlash, chiqarish bо‘yicha kundalik faoliyatini yо‘naltirib boradi, rejalashtirish uchun javob beradi
- Kompyuter markazi faoliyati uchun shaxsan javobgar hisoblanadi, ular faoliyatini yо‘naltirib boradi.
- Jurnal sonlarini rejalashtiradi, uning bajarilishini ta’minlaydi.
- Jurnalning о‘z vaqtida sifatli chiqishi uchun javob beradi.
- Tahririyatda jurnalxonlar konferensiyalarini, jurnal sonlarining taqdimotini (prizentatsiyasini) tashkil etadi va shu ishlar uchun javob beradi.
- Tahririyatda materiallar zahirasini yuzaga keltiradi va nazorat kiladi, materiallar va suratlarning saklanishi, tahririyatda xatlar harakati uchun javob beradi. Kotibiyatdagi barcha hujjatlashtirish ishlari uchun mas’uldir.
- Jurnal ruknlarining turi, qо‘llanilishi va yangilanib borishi uchun javob beradi.
- Tahrir xay’ati faoliyatida faol qatnashadi, jurnal materiallari saviyasi, jurnalning bezatilishi uchun javob beradi.
- Jurnal har bir sonining vaqtida, sifatli chiqishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
- Jurnal sonlariga navbatchilik qiladi.
Nizom (Ustav) ni qabul qilish va о‘zgartirishlar kiritish tartibi
- Tahririyat Nizom (Ustav)i tahririyatning umumiy yig‘ilishida kо‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va muassis tomonidan tasdiqlanadi. Nizom (Ustav)ga kiritiladigan о‘zgartirishlar ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
- Muassis va tahririyat ommaviy axborot vositalari va matbuot tо‘g‘risidagi qonun va boshqa tegishli qonunlarga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilganda hamda bu borada yangi farmonlar, qarorlar chiqarilganda
jurnal Nizom (Ustav)ini konunchilikka muvofiqlashtirib boradi.
Ushbu Nizom (Ustav) «XXI ASRDA ILM VA FAN YUTIQLARI» jurnali tahririyatining 2025 yil 10-dekabrdagi 1-sonli umumiy yig‘ilishida kо‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi.