OG‘ZAKI HISOBLASH KO‘NIKMALARINING FALSAFIY-GNOSEOLOGIK MOHIYATI VA ULARNING TASNIFIY TAHLILI

Mualliflar

  • Tojiboyev I.T. Farg'ona davlat universiteti Muallif
  • Rustamova D.M. Farg'ona davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

matematika epistemologiyasi; og‘zaki hisoblash; kognitiv epistemologiya; akliy (mental) arifmetika; kategorial tahlil; protsedur bilim; ishchi xotira; protoarifmetik qobiliyatlar; matematika falsafasi; sonli bilish (chislovoe poznanie).

Annotatsiya

Ushbu maqolada “og‘zaki hisoblash ko‘nikmalari” tushunchasining tizimli falsafiy-epistemologik tadqiqi amalga oshiriladi. Zamonaviy analitik matematika falsafasi va kognitiv epistemologiya doirasida ilk bor mazkur tushunchaning kengaytirilgan ilmiy ta’rifi taklif etiladi hamda uning tarkibiy qismlari mavzuiy (tematik) tasnifga tortiladi. Maqolada og‘zaki hisoblash ko‘nikmalari o‘zida protsedur va deklarativ bilimlarni birlashtiruvchi, insonning protoarifmetik qobiliyatlariga tayanuvchi va ishchi xotira, aqliy reprezentatsiyalar hamda madaniy jihatdan belgilangan hisoblash strategiyalari mexanizmlari orqali amalga oshiriluvchi alohida kognitiv fenomen ekanligi ko‘rsatilgan. Maqola matematika epistemologiyasidagi zamonaviy analitik yondashuvlarga, kognitiv fan va aql falsafasi sohasidagi ilmiy asarlarga tayanadi. Mazkur fenomenni tahlil qilishning ontologik, gnoseologik, protsedur va madaniy-semiotik o‘lchovlarini (jihatlarini) kamrab oluvchi kategorial sxema taklif etiladi. Epistemologik tadqiqot ob’ekti sifatida og‘zaki hisoblashni sof hisoblash jarayoniga ham, pedagogik amaliyotga ham qisqartirib bo‘lmasligi, balki u o‘ziga xos bilim tuzilishiga ega bo‘lgan mustaqil epistemik kategoriya ekanligi asoslanadi.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-03-15