LAGRANJ VA NYUTON INTERPOLYATSION FORMULALARINING ANIQ MISOLLARDA TAQQOSLANISHI

Mualliflar

  • Arabova Farzonabonu Akmaljon qizi Muallif
  • Axrorjon Ismoilov Ikromjonovich Muallif

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Interpolyatsiya, algebraik interpolyatsiya, Lagranj Interpol-yatsion ko‘phadi, Nyuton interpolyatsiyasi, bo‘lingan ayirmalar, interpolatsiya tugunlari, hisoblash matematikasi.

Annotatsiya

Anotatsiya: Ushbu maqolada algebraik interpolyatsiyalash masalasi, xususan Lagranj va Nyuton interpolyatsion formulalarining nazariy asoslari hamda ularning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Interpolyatsiya tushunchasining mazmuni, interpolyatsiya tugunlari va interpolatsiyalovchi ko‘phadlar haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Lagranj interpolyatsion ko‘phadining tuzilishi, fundamental ko‘phadlar orqali hosil qilinishi hamda uning asosiy kamchiliklari yoritib beriladi. Shuningdek, Nyutonning bo‘lingan ayirmalar asosidagi interpolyatsion formulasi chiqarilib, uning hisoblash jihatidan qulay tomonlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada aniq sonli misol yordamida Lagranj va Nyuton interpolyatsion ko‘phadlari qurilib, ularning natijalari o‘zaro taqqoslanadi. Olingan natijalar har ikkala usul bir xil interpolyatsion ko‘phadni hosil qilishini va nazariy jihatdan ekvivalent ekanligini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari hisoblash matematikasi masalalarida interpolyatsiya usullarini tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mualliflar haqida

  • Arabova Farzonabonu, Akmaljon qizi

    Farg‘ona davlat universiteti Amaliy matematika yo‘nalishi 4- kurs talabasi

  • Axrorjon Ismoilov, Ikromjonovich

    Farg‘ona davlat universiteti Amaliy matematika  va informatika  kafedrasi katta o‘qituvchisi

    Fizika-matematika bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-01-15