Dinamik matematik muhitlar asosida ehtimollar nazariyasini o‘qitish metodikasini takomillashtirish
Kalit so‘zlar:
ehtimollar nazariyasi, dinamik matematik muhitlar, GeoGebra, matematik modellashtirish, interfaol ta’lim, matematika metodikasi.Annotatsiya
Mazkur maqolada ehtimollar nazariyasini o‘qitishda dinamik matematik muhitlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida matematik tushunchalarni vizual va interaktiv tarzda tushuntirish o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Tadqiqot davomida dinamik matematik dasturlar yordamida ehtimollik tushunchalarini o‘rgatishning nazariy asoslari va amaliy usullari o‘rganildi. GeoGebra kabi dinamik muhitlar yordamida ehtimollik masalalarini modellashtirish, tajribalarni vizuallashtirish hamda statistik natijalarni tahlil qilish metodikasi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, dinamik matematik muhitlardan foydalanish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, matematik modellashtirish ko‘nikmalari va ehtimollik tushunchalarini anglash darajasini sezilarli darajada oshiradi.


