RITS USULI YORDAMIDA IKKINCHI TARTIBLI CHEGARAVIY MASALANI TAQRIBIY YECHISH
Kalit so‘zlar:
oddiy differensial tenglama, chegaraviy masala, variatsion usullar, Rits usuli, taqribiy yechim, bazis funksiyalar, algebraik sistema.Annotatsiya
Mazkur maqolada ikkinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglama uchun qo‘yilgan chegaraviy masalani Rits usuli yordamida taqribiy yechish masalasi ko‘rib chiqiladi. Berilgan differensial tenglama integrallovchi ko‘paytuvchi yordamida o‘z-o‘ziga qo‘shma ko‘rinishga keltiriladi va unga mos variatsion funksional tuziladi. Chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi xususiy funksiya hamda bir jinsli chegaraviy shartlarni bajaruvchi bazis funksiyalar tanlanadi. n=4 hol uchun taqribiy yechim qurilib, noma’lum koeffitsiyentlarga nisbatan algebraik tenglamalar sistemasi hosil qilinadi. Hosil bo‘lgan sistema Gauss usuli yordamida yechilib, masalaning taqribiy yechimi aniqlanadi.



