DIFFERENSIAL TENGLAMALAR UCHUN CHEGARAVIY MASALANI KOLLOKATSIYA USULI YORDAMIDA TAQRIBIY YECHISH

Mualliflar

  • ADHAMOVA V.E Farg‘ona davlat universiteti Muallif

Kalit so‘zlar:

oddiy differensial tenglama, chegaraviy masala, taqribiy yechim, kolokatsiya usuli, bazis funksiyalar, algebraik sistema, ichki nuqtalar

Annotatsiya

Mazkur maqolada ikkinchi tartibli chiziqli oddiy differensial tenglama uchun qo‘yilgan chegaraviy masalani kollokatsiya usuli yordamida taqribiy yechish masalasi ko‘rib chiqilgan. Taqribiy yechimni qurishda berilgan chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi xususiy funksiya hamda bir jinsli chegaraviy shartlarga mos bazis funksiyalar tanlangan  n=4 hol uchun to‘rtta ichki kollokatsiya nuqtada differensial tenglamaning bajarilishi talab etilib, noma’lum koeffitsiyentlarga nisbatan algebraik tenglamalar sistemasi hosil qilingan. Mazkur sistemani yechish natijasida masalaning taqribiy analitik yechimi aniqlangan. Olingan natijalar kolokatsiya usulining chegaraviy masalalarni yechishda samarali va amaliy jihatdan qulay usullardan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Muallif haqida

  • ADHAMOVA V.E, Farg‘ona davlat universiteti

    Farg‘ona davlat universiteti talabasi

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-06-04