BLOKCHAIN TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TARMOQ XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
Kalit so‘zlar:
Blokchain, tarmoq xavfsizligi, markazlashmagan tizim, konsensus mexanizmi, smart kontrakt, DDoS himoya, IoT xavfsizligi, axborot yaxlitligi, kriptografik xesh, PKI.Annotatsiya
Ushbu maqolada blokchain texnologiyasining zamonaviy kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashdagi roli va istiqbollari tahlil qilinadi. Blokchaynning markazlashmagan tuzilmasi, o‘zgartirib bo‘lmaydigan registr va konsensus mexanizmlari asosida tarmoq xavfsizligini ta’minlashdagi afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, texnologiyaning DDoS hujumlariga qarshi kurash, identifikatsiyani boshqarish va ma’lumotlar yaxlitligini saqlashdagi ahamiyati yoritiladi. Maqolada blokchain asosidagi xavfsizlik tizimlarining korporativ tarmoqlar, IoT va davlat axborot infratuzilmasida qo‘llanilishi haqida ilmiy xulosalar berilgan.



