"FRESHFOOD" RESTORANI MISOLIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI INTELLEKTUAL KALKULYATORNI LOYIHALASH.
Kalit so‘zlar:
oziq-ovqat xavfsizligi, intellektual kalkulyator, Freshfood, saqlash muddati, matematik model, avtomatlashtirish, restoran logistikasiAnnotatsiya
Ushbu maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va isrofgarchilikni kamaytirish maqsadida intellektual saqlash kalkulyatorini loyihalash masalalari ko‘rib chiqiladi. "Freshfood" restorani misolida mahsulotlarning turi, saqlash sharoitlari va harorat rejimidan kelib chiqib, ularning yaroqlilik muddatini avtomatik hisoblovchi algoritm ishlab chiqilgan. Tadqiqotda matematik modellashtirish va FIFO (birinchi kelgan — birinchi ketadi) tamoyillari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, intellektual kalkulyator mahsulotlar utilizatsiyasini 15-20% ga kamaytirish va sanitariya me’yorlariga rioya qilish darajasini oshirish imkonini beradi.



