CHET TILLARINI MASOFAVIY O‘QITISHDA RAQAMLI PLATFORMALARINING NUTQIY KOMPETENSIYALARNING RIVOJLANISHIDAGI QIYOSIY SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Valiyeva M.G. Farg'ona davlat universiteti talabasi Muallif

Kalit so‘zlar:

masofaviy ta’lim, chet tillari, raqamli platformalar, funksional tahlil, til kompetensiyalari, tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish, MTT samaradorligi.

Annotatsiya

Zamonaviy raqamli platformalarning (Zoom, Moodle, Google Classroom, MS Teams) didaktik funksiyalarini har tomonlama baholash va chet tillarini o‘qitishda nutq faoliyati turlarini rivojlantirishdagi samaradorligini aniqlash.
Tadqiqot metodlari: Ishda AKT vositalarining nazariy tahlili, ta’lim platformalarining funksional xaritalash va MTT mahsuldorlik darajasini o‘lchash uchun Farg‘ona davlat universiteti talabalarining reprezentativ so‘rovnomasi metodlari birlashtirilgan.
Platformalar funksiyalarining qiyosiy matritsasi shakllantirildi, bu avtomatlashtirish tizimlari (Moodle) va videomuloqot (Zoom, Google Classroom) ustunliklarini aniqladi. Retseptiv ko‘nikmalarni rivojlantirish eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rsatishi aniqlandi: o‘qish — ~90% (Moodle), tinglab tushunish — ~85% (Zoom). Produktiv ko‘nikmalar (yozish — ~80% MS Teams orqali, gapirish — ~75% Google Classroom orqali) diqqat konsentratsiyasining pasayishi (50%) va texnik muammolar (50%) tufayli kuchaytirilgan interaktiv yordamni talab qiladi.

Har bir platforma aniq funksional xususiyatga ega. Til ta’limida maksimal sinergik effektga erishish faqat sinxron o‘zaro ta’sir platformalari va ta’limni boshqarish tizimlarining gibrid integratsiyalashuvi bilan mumkindir.

Muallif haqida

  • Valiyeva M.G., Farg'ona davlat universiteti talabasi

    Farg'ona davlat universiteti

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-06-04